.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Suv parisining tashrifi</p>

O`shanda ham ayni bahor

kunlari edi. Atrof ko`m-ko`k

maysalarga, daraxtlar ham yashil

libosga burkangan. Qishi bilan

dam olgan dehqonlar endi dala

boshidan beri kelmay

qo`yishgandi. Dehqonchilik

ishlari boshlanib, hamma ochiq

maydonlarga ekin ekishga

kirishib ketgandi. Havo isib

ketganidan uyimiz yonidan oqib

o`tadigan kanal ham ancha to`lib

oqadigan bo`ldi.

— Suv juda ko`payibdi. Kuzda

ekilgan bug`doylarni yaxshilab

sug`orishimiz kerak. Kechasi

navbatlashib qarab, tezroq

suvlashni tugatib olinglar, - deb

topshiriq berdi otam.

— Ehtiyot bo`linglar, yosh

bolalar ko`zimizni chalg`itib,

ko`chaga chiqib ketmasin, katta

suv yaqin... — deb onam ham

kelinlarga tinmay eslatib turardi

o`sha kunlari.

— Ikki kundan beri daladasizlar.

Nimagadir ko`nglim notinch,

kechasi suv bo`yiga borganda

kalima qaytarib, duo o`qinglar,

suvning parilari bo`ladi...

Quloqlarni to`g`rilab qo`yib,

uyga qaytaver, sahar turib

xabar olarsan, — dedi onam

kechki payt ketayotganimda.

— Oyi, tuni bilan siz aytgan

parini kutdim, kelmadi. Kun

yorishgach, uyga qaytaverdim,

— dedim ertasiga hazillashib

onamga.

— Ha, senga hazil bo`lsa... —

ranjigan bo`ldi onam. Ikki-uch

kun o`tib, kechasi kuchli

momaqaldiroq bo`lib, chelaklab

yomg`ir quya boshladi. Bunday

paytda kanaldagi suv ham

ko`payib, yopilgan quloqlarni

yuvib, ekinlarni suv bosishi hech

gap emas. Ikki kun oldin

bug`doyzorga suv ochganim

yodimga tushib, shoshib borib

suv yo`llarini mustahkamroq

berkitmoqchi bo`ldim. Uyda

hamma uxlab qolgani uchun

ukamni uyg`otib o`tirmadim.

Tashqariga chiqishim bilan katta

olapar itimiz yo`limni to`sib,

tinmay hura boshladi.

— Jim yot, Olapar! Yur, men

bilan dalaga borib kelamiz, —

dedim-da, ketmonni olib yo`lga

tushdim. Birpasda ustim

shalabbo bo`ldi. Shoshib

qalinroq kiyinish ham esimga

kelmabdi. Itimiz esa oyog`imdan

tishlab orqaga tortqilab,

orqamdan ergashib tinmay

hurardi.

- Nega muncha vahima

qilmasang, yomg`irdan shuncha

qo`rqyapsanmi?

Kanal yoqasiga kelib qolgandim.

Shu payt kuchli momaqaldiroq

va chaqmoq bo`lib, atrof

judayam yorishib ketdi. Suv

bilan limmo-lim kanal yuzasi

oynadek yaltirab ko`rindi.

Beixtiyor oyoqlarim dala

tomonga emas, kanal tomonga

qarab yura boshladi. Atrof

birdan suv quygandek jimjit

bo`lib qoldi. Faqat oqayotgan

suvning sokin jildirashigina

eshitilardi. Shu payt bir to`da

qizlarning sho`x kulgisiga

o`xshash ovoz eshitildi. Kimning

ovozi ekan, deb o`sha tomonga

yana ildamroq yura boshladim.

Uzoqdan yaltiragan inson

sharpasi, aniqrog`i, uzun bo`yli

qizga ko`zim tushdi. U men

tomonga qarab imo qilgandek

bo`ldi. Tezroq borib, kimligini

bilmoqchi bo`ldim. Shuncha

yursam ham unga eta olmasdim.

U esa bir ko`rinib, bir g`oyib

bo`lib, meni o`zi tomonga

chorlardi. Shu payt qulog`imga

yana olaparimizning hurgani

eshitildi. To`xtab, orqamga

qaradim. Olaparning ovozi

yaqinlasha boshladi. Yomg`irni

yana seza boshladim. Birdan

onamning gapi yodimga tushdi.

Tezda bilgan duolarimni o`qiy

boshladim. Shunda uzoqdan

otamning ismimni aytib

chaqirganini eshitdim.

Olaparning men tomonga

o`qday uchib kelayotganiga

ko`zim tushdi.

Halloslab etib kelgan ukam bilan

otam xavotirlanib, meni

so`roqqa tuta boshlashdi.

— Nimaga bu tomonga ketib

qolding? Shuncha chaqirsak ham

to`xtamading? Nega yarim

kechasi uydan chiqding...

shunday yomg`irda?

— Bug`doyni suvini xabar

olgani chiquvdim.

— Bug`doyzorimiz boshqa

tomonda-ku, sen kanalning

boshlanish joyiga kelgansan,

nima qilmoqchiyding bu erda?

Yaxshiyam Olapar borib bizni

uyg`otdi, bo`lmasa bir falokatga

yo`liqishing aniq edi. Xudo bir

asradi, - dedi otam xavotir bilan.

Birgalashib uyga qaytdik. Olapar

ham indamay ortimizdan

ergashdi, u tinchib qolgandi. Itlar

inson ko`ziga ko`rinmaydigan

narsalarni ko`ra oladi,

deyishgani rost ekan-da.

Ertasiga kechasi ko`rgan

narsalarimni uydagilarga

aytmoqchi bo`ldim. Lekin

ishonmasliklarini bilib, indamay

qo`ya qoldim. O`shanda itimiz

tufayli bir falokatdan omon

qolgan bo`lsam ajabmas, yana

kim biladi deysiz...

Mohitobon yozib oldi.

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон