Qani, birinchi ishtirokchi, maydonga chiqing. Tasavvur qilingki, shamol yuz dollarlik pulni uchirib kelyapti. Nima qilasiz? - O'rnimdan qimirlamayman. Kerak bo'lsa, shamolning o'zi pulni cho'ntagimga tushiradi. - Qoyil. Ikkinchi ishtirokchi, endi siz minbarga chiqing. Tasavvur qiling, yoningizda go'zal bir qiz turibdi, bir qiyo boqsangiz, kifoya. Nima qilasiz? - Qimirlamayman, kerak bo'lsa, qizning o'zi menga qarasin. - Yashang. Marhamat, uchinchi ishtirokchi, endi siz minbarga chiqing. - Chiqmayman, kerak bo'lsa, o'zingiz chiqing! - Azizam, - dedi xotin eriga, - loqal bayram kuni menga biror bir yaxshi gap aytsangiz-chi? - Yaxshi, menga tushlikka qanday tansiq taom tayyorlab bermoqchisan? - Xotininga nima sovg'a qilmoqchisan? - O'zimga qolsa, hech narsa. Xotinimga qolsa, butun "Otchopar" bozorini so'raydi. - Dilshodjon, o'g'lim, 8-mart qanaqa kun? - Dadam ovqat pishiradigan kun! Besh yashar bola o'rtog'iga maqtanyapti: - Dadam juda botir. Botirligi ucun medali ham bor. - Mening dadam bo'lsa, qo'rqoq. Oyim uyda yo'q kunlari qo'rqqanidan qo'shni ayolnikiga kirib uxlaydi.
© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон