.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Shahar markazida</p>

Shahar markazidagi köp

qavatli uylarning birida ko'zlari

moviy, sochlari tim qora,

yanoqlari qizil, go'zal bir qiz

yashardi. U sira

jilmaymas, doim g'amgin

yurardi. Chunki u og'ir

hastalikka chalingan va öz

ölimini kutardi. U har kuni

deraza oldida o'tirib, uyi

qarshisidagi bir daraxtga

termulardi. O'ziga-o'zi shu

daraxt

barglarini to'kib bo'lganida,

men olamdan ko'z yumaman

deb ishonardi. Oradan vaqtlar

ötib kuz keldi va daraxtning

barglari asta- sekinlik bilan

to'kila boshladi. Qiz bölsa kun

sanab

daraxtga tikilib ötirardi.

Ötayotgan har bir kun göyok

oxirgisi böladigandek tuyulardi

unga. Barglarning tezroq

tökilib, bu azoblardan tezroq

xalos bölishni istardi. Nihoyat

qish kelib daraxtda qöl bilan

sanarli bir-necha yaproq qoldi.

Qizning bölsa rangi sönib

borar, umidsiz yashashda

davom etardi. Nihoyat

daraxtda bittagina barg qoldi.

Qiz shu kuni har doimgidan

ham ma'yus va sölg'in edi. U

tun chökkanida, ertangi kun bu

hayotni tark etaman deya

yostiqqa bosh qo'ydi. Shu kuni

tunda qattiq shamol bo'lib,

yomg'ir yog'di. Tong otib qiz

uyg'ondi va nafas

olayotganligini,

hali tirik ekanligini öylab, nima

bo'lganiga tushunmasdan

deraza qarshisiga bordi.

Daraxtdagi sönggi

yaproq xuddi kechagidek,

sovuq

shamolda tebranib turardi. Qiz

jimgina nigohini yaproqdan

uzdi va ertangi kunni kuta

boshladi. Ertasi kun yana

tongda uyg'onib deraza tomon

shoshildi.

Zafaron barg hamon öz joyida

mag'rur turar, uning bu turishi

qizni hayron qoldirardi.

Ertasiga,

ertadan keyin, va undan keyin

ham... Barg xuddi hech qachon

tökilmaydigandek edi. Qiz nima

bölayotganligiga tushunmas,

lekin uning ham osonlikcha jon

bergisi kelmas, hech bölmasa

shu

bargchalik yasha uchun

kurashgisi

kelardi. Unda hayotga ishonch

uyg'ongan va eng muhimi

yashashda davom etardi... Shu

tariqa bahor kelib daraxt

yangidan kurtak chiqara

boshladi. Shifokor qabulida

bölgan qiz tuzala

boshlaganligini

eshitib sevinardi. U ösha kuni

nihoyat najotkor yaproqqa

qarab tabassum qilib qöydi...

* * *

Bu voqea möjiza va bir

vaqtning özida möjiza emas

edi. Möjizaligi shundaki, bu

hodisa tufayli

hayotdan umidi uzilgan bir qiz

hayotga qaytdi, möjiza

emasligi esa bu hodisaning asl

sababchisi bilan bog'liq edi.

Qizning uyi röparasidagi köp

qavatli uyda bir rassom yigit

yashardi. Yigit röparadagi

uyda

yashovchi közlari moviy, sochi

tim qora, lekin sira

kulmaydigan gözal qizni

yoqtirardi. U qizni har kun

soatlab kuzatar, uning

suratini chizishni istar va bu

surat asarlari

ichida "shoh asar" bölishini

orzu qilardi. U qizni kulib

turgan

chehrada suratda tasvirlashni

va bu orqali qizga tabassum

naqadar yarashishini aytishni

istardi. Bir kuni u qizning og'ir

hastaligini va röparadagi

daraxt barglari tökilib bölgan

kun joni uzilishiga ishonishini

bilib qoldi. U qizning

ma'yusligidan siqilar,

uning uzoq yashashini, baxtli

bölishini istardi. Qish kelib

daraxtda bitta yaproq

qolganida

u qizda yashashga umid

uyg'otishning antiqa yölini

topdi. U

haqiqiysidan farq qilmaydigan

darajada öxshash barg rasmini

chizib, sönggi tunda uni daraxt

shoxiga mohirona örnatib

qöydi. Shu kuni kuchli yomg'ir

yog'di.

Tongda qizning hayratini körib,

öz ishidan sevindi. Ertasiga,

ertadan keyin, undan keyin

ham... Yigit har kuni bargni

almashtirib

turardi, sovuq kunda ham, qor

yog'ganda ham... U qizning

yashab ketishiga astoidil

harakat qilardi. Bahor kelgach,

qizning yuzida ilk marta kulgu

kördi. U endi nihoyat özining

"shoh asari"ni chizishi, qizga

uni qanchalar sevishini aytishi

mumkin edi...

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон