.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Duoning kuchi (Ibratli hikoya)</p>

Hikoyat qilinishicha bir kuni faqirona kiyingan,

ma’yus bir ayol sabzavot do‘koniga kiradi.

Do‘kon sohibiga tortinibgina yaqin bordi va eri

og‘ir xastalik tufayli biror bir ishga yaramay,

to‘shakka yotib qolgani, yetti bolasi borligi,

ularning ochlik azobidan qiynalayotganini aytdi. Sotuvchi unga ters qarab: -Ey, tilanchi xotin, tezda do‘konni tark et.- dedi.

Ayol esa bolalarining yemak yeyishga ehtiyoji

borligini aytib yolvorgancha: -Iltimos, taqsir, bolalarimning qornini to‘ydirib,

odamlarning eshigiga ishlagani jo‘nataman.

Ular ishlab pul topib kelgan zahoti qarzingizni

qaytaraman,-dedi. Do‘kondor ayolning iltijolariga parvo qilmay,

uni tanimasligi, doimiy xaridorlaridan

emasligini aytib, iltimosini rad etdi. Shu payt

do‘kon tashqarisida turgan bir mijoz sotuvchi

bilan ayol o‘rtasida bo‘layotgan suhbatni

eshitib qoldi va ichkariga kirib do‘kondorga: -Bu ayolga so‘ragan narsalarini ber, men kafil

bo‘laman, qarzini qaytaradi,-dedi. Uning gapiga

ko‘ra sotuvchi ayolga qaradi-da, istamaygina: -Oladigan narsalaringni ro‘yxat qilganmisan?-

deya so‘radi. Ayol tasdiq ma’nosini berib bosh

irg‘adi. -Unday bo‘lsa uni tarozining bir pallasiga qo‘y-

da, ikkinchi pallasiga o‘zing oladigan narsalarni

qo‘y. Ro‘yxat qog‘ozingni vazniga teng

narsalarni beraman,-dedi. Ayol bir muddat turdi-da, boshini quyi egib

choponining cho‘ntagidan qog‘oz parchasini

olib tarozining bir pallasiga qo‘ydi. Shu payt

do‘kondor va kafil mijozning ko‘zlari hayratdan

katta – katta ochildi. Tarozining tosh

qo‘yiladigan pallasi qog‘oz parchasining og‘irligidan cho‘kib ketgandi. Do‘kondor kafil

mijozga qarab ezg‘in tovushda: -Ishonmayman… Ishoniladigan holat emas… –

dedi. Tarozining mahsulot qo‘yiladigan pallasi

keragidan ortiq narsalar bilan to‘ldi. Do‘kondor

va’daga binoan ayol olgan hamma yeguliklarni

xaltaga joylab, qo‘liga tutqazdi. Zudlik bilan

nimalardir yozilgan qog‘ozni qo‘liga oldi-da,

o‘qidi. Unga xarid qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati emas, quyidagi so‘zlar yozilgandi:

&Allohim! Nimaga ehtiyojim borligini yolg‘iz

o‘zing bilasan. Shuning uchun o‘zimni Senga

taslim etaman. O‘zingga tavakkal, O‘zing

omonat bergan bolalarimning rizqini yetkaz!”. Do‘kondor tosh kabi qotdi-qoldi. Ayol unga

tashakkur aytib, do‘kondan chiqdi. Ayolning

xaridiga kafillik qilgan mijoz bir dasta pulni

do‘kondorga berdi va &Qaytimi kerak emas”,

dedi. Mijoz do‘kondan chiqib ketayotib, tarozi

pallalarining singaniga ko‘zi tushdi. Nima sababdan tarozi pallasi singani va duoning

kuchi naqadar zalvorli ekani yolg‘iz

Allohgagina ma’lum edi… Qissadan hissa shuki: Allohga chin ko‘ngildan qilingan iltijo bu — duodir. Allohning

marhamati keng, astoydil so‘ralgan ezgu niyat

albatta ertami-kechmi ijobat bo‘ladi. Ana

shunday shafoatli kunlarda har birimiz ham

Yaratgandan yaxshi amallarni so‘rab duoga qo‘l

ochaylik!

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон