.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>“Noshukur qo‘shnilar” (ibratli hikoya)</p>

Ufqda quyoshning zarrachalari hali nur sochib

turgan palla. Ko‘p qavatli uylarning hovlisi

doimgidek yosh bolalarning qiy-chuv kulgisi,

shovqini bilan to‘lib toshgandi. Kimdir to‘p

o‘ynagan, kimdir quvlashmachoq, yana bir juft

qizlar esa qo‘g‘irchoqlar bilan “xola-xola” o‘ynashardi.Uylar yonida joylashgan o‘rindiqda

esa shu yerda yashovchi to‘rt qo‘shni ayol,

farzandlariga ziyrak bo‘lish barobarida turmush

tashvishlari-yu xursandchiliklari haqida shirin

suhbat qurishardi.Ularning bari uy bekalari

ekanligi, turmush o‘rtoqlari ishdan kelgunicha uy yumushlaridan horg‘inlashgan kayfiyatlarini

tarqatish uchun o‘zaro “beozor g‘iybat”

qilayotganini sezish qiyin emasdi. Bu

suhbatlarning hammasi qo‘shni ayollarning

turmush o‘rtoqlarining qorasi ko‘ringan zahoti

yakuniga yetardi. Bu suhbat natijalari har birining uy muhitiga albatta ta’sir o‘tkazmay qolmasdi.

Zero, qo‘shni ayollarining aytgan gaplari ba’zi

xonadonda kamchiliklardan nolish hissini

uyg‘otsa, ba’zilarida yashash tarzidan mamnunlik

va shukr qilishga undardi. Suhbatlarning

debochasi kecha ko‘rilgan serialning muhokamasidan boshlanib, hatto jahon

siyosatchilari yecha olmayotgan dolzarb

muammolarni og‘zaki hal qilib yuborishga-da

yetardi. – Kecha chet eldan buyurtma qilgan

koftam kelibdi. Shunday quvondim, shunday

quvondim-ki, o‘ziyam naq ikki hafta poylabman, – endi olgan narsasi bilan maqtanishni

boshlagandi Sayyora, uzoqdan erining

mashinasini ko‘rib qoldi. – Voy erim kelyapti,

mayli qo‘shnijonlar, men uyga, – shunday deya

bolalarini chaqirishga tushdi. Eri kelib, uni kutib

oldi va bolalari bilan uylariga ravona bo‘lishdi. Buni qolgan qo‘shni ayollar kuzatib turdi, so‘ngra

suhbatini davom ettirishdi. Qo‘shni ayollar

orasida qolganlaridan ikki-uch yosh katta Dilobar

gap boshladi: – Shu internetdan narsa buyurtma

qilganda rasmda ko‘rgandaka narsa keladimi? –

Uni bilmayman-u, lekin men tinchgina bozordan o‘zimga yoqadigan kiyimni savdolashib,

arzonroq narxga olishga harakat qilaman. Yangi

uyga pul yig‘yapmiz. Uchta farzand bilan ko‘p

qavatli uyda yashash qiyin. Ular katta bo‘lishsa,

siqilishib qolamiz. Xudo xohlasa, erim bilan

o‘zimizni hovlimizni qurmoqchimiz, – orzulari bilan bo‘lishdi Malika. – E men erimning bunaqa

topish-tutishi bilan bir umr shu ikki xonali uyda

qolib ketsam kerak. Erim hammangizni

eringizdan kech keladi. Lekin maoshining tayini

yo‘q, – doimgidek nolishni boshladi Muyassar. –

Nega unaqa deysiz, eringiz yaxshi joyda ishlaydi- ku. Mening erim oddiy ishda ishlasa ham, maoshi

katta bo‘lmasa ham yaxshi niyat qilyapmiz-ku, –

qo‘shnisiga hayron qaradi Malika. – Yaxshi joyda

ishlagani bilan qo‘li ochiq. Kim nima yordam

so‘rasa, yo‘q deyolmaydi. Mashina olganimizga

ham uch yildan oshdi, hali almashtirganimiz yo‘q, – yana ham ko‘roq nolishni boshladi Muyassar.

Shu yerda Dilobar gapga aralashdi: –

Muyassarxon, unday noshukrlik qilmang.

Yashashingiz hech birimizdan kam emas. Mashina

uch yil oldin olingan bo‘lsa nima qilibdi? Bizning

oilalarda shu ham yo‘q. Baxtni unday narsalar bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Eringizning

farzandlaringizga, sizga mehribonligini bilamiz.

Mahallada ham o‘ziga yarasha hurmati bor. Undan

ko‘ra nolimang-da, xudo xohlasa biz ham

shunday uylar quramiz deb Malikaxondek yaxshi

niyat qilishni o‘rganing. Shu kunlarimizga ham shukr qilaylik. Qo‘shnilar bu masalada yana ancha

tortishishdi. Toki turmush o‘rtoqlari kelib,

hammasi uyma-uy tarqalmaguncha. Bunday

suhbatlar har kuni bo‘lar, Muyassar doim

gaplarida eridan, ro‘zg‘oridan nolirdi. U o‘z

nolishlari bilan erini ham bezdirardi. Oradan yillar o‘tdi, Dilobarning eri lavozimda ko‘tarilib, yangi

mashina olishdi. Malikaning oilasi esa yaxshi

niyat qilib, o‘z maqsadlariga erishishdi. Shahardan

sal chekkaroqda bo‘lsa ham ikki qavatli uy

qurishdi. Bir hafta oldin barcha qo‘shnilar bilan

xayrlashib ko‘chib ketishdi. Muyassar uy ishlarini qilar ekan, bir necha yillar oldin qo‘shnisi

Dilobarning gaplari yodiga tushdi. Uning

gaplarida jon bor, mana qo‘shnilari yaxshi niyat

qilib, o‘z niyatlariga erishdi. U-chi? Erini har

gapida chaqib olaverib, uydan ham bezdirib

qo‘ydi. Ishda kechgacha qolib ketadigan odat chiqardi. Mashina ham bir haftadan beri

ustaxonada. Eskiroq bo‘lsa ham ro‘zg‘or ishlarida

asqotib turardi. Shular haqida o‘ylab turar ekan,

eshik qo‘ng‘irog‘i chalinib, hayoli bo‘lindi. Eshikni

ochsa, ostonada bir hafta avval yangi uyiga

ko‘chib o‘tgan Malika xushchaqchaq kayfiyatda turardi. Hol-ahvol so‘rashishgach: – Shu

kelayotgan yakshanbada turmush o‘rtog‘ingiz,

bolalarni olib bizning uyga boringlar. Yangi uyga

ko‘chganimiz munosabati bilan sizlar bilan bir

nishonlaylik. Nechi yillik qadrdon qo‘shnilarmiz

axir. Yaxshi niyat qilib, qiyinchilik bilan bo‘lsa ham niyatlarimizga yetdik, Allohimga shukr –

ko‘zlari xursandchilikdan yonib gapirdi sobiq

qo‘shnisi. – Yana bir marta tabriklayman,

muborak bo‘lsin qo‘shnijon. Uyga kiring, choy-

poy qilamiz, – ichkariga taklif qildi Muyassar. –

Men qolgan qo‘shni dugonajonlarimizni ham taklif qilib chiqay, biznikiga borsanglar bemalol choy-

poy qilamiz, – minnatdorchilik bildirib pastga

tushib ketdi Malika. Muyassar eshikni yopar ekan,

necha yillardan beri noshukrlik qilib, qanchalar

adashganini anglab yetdi. Bundan buyog‘iga

albatta yaxshi niyat qilishni, bor-yo‘g‘iga shukr qilishni diliga tugib qo‘ydi. Shu payt, uy telefoni

jiringlab qoldi. Go‘shakni ko‘tardi. Erining xursand

ovozi eshitildi: – Onasi, bolalarni kiyintirib, o‘zing

ham tayyor tur. Bugun kechki ovqatni kafeda

qilamiz. – Tinchlikmi, dadasi? – hayron bo‘ldi

Muyassar. – Mashinamiz tuzaldi. Shuni nishonlaymiz. Bir haftadan beri xuddi oyoqlarim

kesilib qolgandek yurgandi. Tayyorgarligingni

ko‘r, – gapini tugatdi eri. Muyassar go‘shakni

qo‘ya turib, ichida gapirdi: – Xudoga shukr!

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон