Poyezdga yetolmagach yigit yugurishdan töxtadi. "Jin
ursin ösha svetaforni,- hayolidan ötkazardi u,- ertaroq
harakatlanish kerak edi. Qayerdanam ösha betayinning
mashinasiga ötirdim!" U asabi tarang holda ortga
ögirildi. Shu vaqtda xuddi özi kabi poyezd ortidan
afsuslanish bilan qarab qolgan qizga közi tushdi.
Qizning uzun sochlarini shamol öynab, xafaqon
yuzlariga tushirarkan, yigit undan közlarini uzolmay
qoldi. Haqiqatda, qarshisida judayam sohibjamol
21-22 yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz ham yurishdan
töxtadi. Uning shaxlo közlari anchagina olislab ketgan
poyezdga termulgan köyi yig'lab yuborishga tayyor
turardi. Yigitga qizning bu holati judayam g'alati,
özgacha jozibali tuyulardi. Ayni damda yigit poezdni
unutib ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor
ekan", - tabassum qildi u. Qiz ham taqdirga tan berdi
shekilli, yigit tomonga qaradi. - Salom, -dedi yigit. - ...
- Poezdda ketadigan odam bunday ertaroq harakat
qilishi kerakda. - Sizga öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq,
men poezddan sizni körib tushib qoldim. Qiz javob
bermay vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit unga yetib oldi
va gapirishda davom etdi: - Bu shaharda hamma
shoshadi, xatto poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi?
Shoshib qayerga ham borardim.Taqdirimda nima
yozilgan bölsa shu.Kechirasiz, siz taqdirga
ishonasizmi? - Yöq. - Bekor qilasiz. Qiz kassaga borib
keyingi poezd qachon bölishini söradi. 8 soatdan keyin
degan javobni eshitgach, juda xafa böldi. Yigitni esa
ushbu javob mutlaqo xursand qilib yuborgandi. Chunki
bu gözal qiz tobora uni maftun qilib borardi. - Afsus,-
dedi qiz. Yigit bölsa, kassadagi qizga minnatdorchilik
bildirdi: - Rahmat sizga, iloji bölsa yana qöshimcha 8
soat ushlab turinglar ösha poyezdni. Qiz yigitni kuzatib
turarkan, uning özini tutishidan hayron qolardi. Qiz
odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi örindiqlardan
biriga borib ötirdi. Biroz ötgach yigit ham uning yoniga
kelib ötirdi. - Mening ismim ... , bu shaharda
mehmonman. Sizchi? - Men ham mehmonman,- javob
berdi qiz. - Ismingizni aytmaysizmi? - Zarurati yöq,
ishonavering. - Albatta... Ishonish yarim g'alaba
degani. Qiz qöng'iroq qilish uchun chetroqqa chiqdi.
Qayergadir qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat bilan
kuzatardi... Qiz qaytib kelgach yigit undan söradi: -
Uzr, ruchka topiladimi? Qiz sumkasidan ruchka olib
yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan ruchka bilan qöliga
nimanidir yozdi-yu qizga ruchkasini qaytarib berdi. Bir
oz ötgach qiz örnidan qözg'aldi. Yigit: - Sizni uyda
kutishyapti, shunaqami? - Ha. - Avtobusda 6 soatlik
yöl. Umuman olganda keyingi poyezdni kutishning
foydasi ham yöq.Maylimi, sizga hamrohlik qilsam?
Faqat yöq demang. - Nega endi yöq demasligim kerak?
- Chunki, meni taqdirimga siz bilan bitta avtobusda
birga ketish yozilgan bölishi kerak. - Aytdimku, men
taqdirga ishon... Qiz oxirigacha gapirolmadi. Aniqrog'i
yigit kaftlariga haliroq qizning ruchkasi bilan yozgan
yozuvni unga körsatgach hayratdan gapirishdan ham
töxtab qoldi. Yigitning qöliga bejirimgina harflarda
qizning ismi yozilgandi. Qiz örnidan qözg'alib,
allaqachon chiqish eshigi tomon yönalgan yigitdan
söradi: - Qayerdan topdingiz? Yigit qizga ögirilib
qaradi, qölini avval köksiga, keyin peshonasiga olib
bordi-yu kulib javob berdi: - Buni taqdir deydilar... * * *
Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi avtobusga
chiqishdi. Biroz jim ötirishgach yigit kamzulining
kissasidan judayam ixcham, lekin öta chiroyli kichik
gul g'uncha olib qizga tutdi: - Tug'ilgan kuniz bilan!
Qiz közlarini katta-katta ochib yigitga qarardi.
Haqiqatda bugun uning tug'ilgan kuni, shu sabab uyiga
shoshilayotgandi. Yonida ötirgan öta qobiliyatli quvnoq
"folbin" esa uni hayron qoldirishda davom etmoqda edi.
- Q...Qayerdan bildiz? - Buni jon deb aytardim-u
zaruriyati yo'q, ishonavering, - kuldi yigit. - Jiddiy
so'radim. - Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bölib
men tabrikladim. - Haya, rahmat,- qiz jilmaydi. Biroz
surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan kelishgan
yigit qizni tabassum qilishga majburlay olardi. Avtobus
yölga chiqdi. Yigit qizga qiziq narsalar haqida gapirib
berar, u oddiy narsalar haqida ham shunday kulguli va
jumboqli gapirardiki, qiz miriqib kulardi, teran öyga
tolardi. Bir soatcha yurishgach qiz yigitdan söradi: -
Endi ismimni qanday qilib topganizi ayta qoling. Yigit
biroz jim qoldi, keyin qizga qaramasdan söz boshladi -
Dunyoda shunday toifali insonlar borki, öz fikrini siz-u
menga shunchaki bildirolmaydilar.Eshitishadiyu
zabonlari yöq, yoki aksincha eshitmaydilar. Men
shunday kishilarga öz fikrlarini ifodalay olish san'atini
örgataman. Kasbim shunaqa. Qöl harakatlari orqali,
lablarning qimirlashi orqali ularning nima haqda
gapirayotganlarini tushuna olaman. Endi siz haqizda,
menimcha vokzalda oyijonizga qöng'iroq qilgandiz...
Qiz vokzaldagi oyisi bilan telefon suhbatini yodga oldi:
- Allo, Assalom-u alaykum oyijon, bu men ...man. -
Voalaykum, poyezdga chiqdingmi? Qachon yetib
kelasan? - Oyi, poyezddan qolib ketdim.
Mehmonxonada tölovlar böyicha muammo böldi.
Kelsam, poyezd ketib bölibdi. Endi avtobusda bora
qolaman. Shuning uchun 3-4 soat kechikaman, xavotir
olmang. - Vaqtliroq harakatingni qilsang bölmaydimi?
Bu yoqda hamma seni kutib ötiribmiz. Bugungi kunni
unutdingmi? - Bilaman, oyijon. Bugun tug'ilgan kunim.
Unutib bölarkanmi, kechiring, shunaqa bölib qoldi.
Böldi, mana yölga chiqyapman. - Xöp qizim, yölda
ehtiyot bölgin. - Xöp oyijon, xavotir olmang... Qiz uni
telefonda suhbatlashayotgan chog'ida kuzatib
ötirganini yodga oldiyu hammasini fahmladi. Barchasi
ravshan bölgach qiz kuldi: - Demak siz joyizda ötirgan
holda uzoqdagilarning ham nima haqda
gapirayotganligini bila olasiz, shunaqami? - Agar
lablari harakati körinarli bölsa, ha. - Unda anavi orqa
örindiqda ketayotgan oq sochli odam yonidagi ayolga
nima haqda gapiryapti? Yigit orqaroqda ötirgan ösha
kishi tarafga bir muddat qarab turdi. Keyin qizga uning
nima haqda gapirayotganligini tushuntirdi: - U qizi
haqida gapiryapti. Yonidagi turmush örtog'i, qizlarini
körishga ketayotgan bölishsa kerak. - Qizlarini? -Ha.
Qizlari shifoxonada ekan. - Hm... Anavi oldingi örindiq
yonida tik turib, hozir bizga qarab jilmayayotgan qiz
nima haqda gapiryapti? Yigit ösha tarafga qarab kulib
yubordi. Qizning ma'noli qarashiga sokin javob
berishga urindi: - U siz haqizda gapirdi. Menimcha
aytmaganim ma'qul. - Men haqimdami? Ayting, nima
dedi u? - Yaxshi, u anavi chiroyli qiz erining qölidan
mahkam ushlab olibdi, xuddi qöyib yuborsa men olib
qochib ketaman, dedi. Qiz yarq etib öz holatiga diqqat
qildi. Chindan bu öyinning qiziqligi gashtidan
mashg'ulotga berilib ketgan va yigitning öng qölini
siqib olgandi. Buni özi beixtiyor bajarganligi uchun
ahamiyat bermagandi. Qiz darhol qölini tortib oldi. U
oynadan yöl chetida yastanib yotgan dalalarni
tomosha qilishga tushdi. Uning yuzi yonardi. " G'alati...
Uyatmi bu? Erimish... Odamlarga ham hayronsan,
bilmasdan gapiraverishadi",- öylardi qiz. Jilmaygancha
hayol surayotgan qizning hayolini yigitning ovozi böldi:
- Hey... - Hm? - Avtobus yölda töxtarkan, ul- bul
tanavvul qilvolish kerak. - Hm. - Yana "hm" mi? -
Hm... Yengil kulgu, haliroq yuzaga kelgan
öng'aysizlikni hayollardan bir chetga surib tashladi.
Avtobus yöl chetida biroz turgach, yana yölga chiqdi.
Qiz judayam charchagandi. Yigitning qaysidir
mavzudagi sokin sözlari ta'sirida közi ilindi... - Allo,-
qizni uyg'otdi yigit,- uyg'oning malika, shahrizga yetib
keldik. Qiz avtobus oynasidan tashqariga qaradi.
Darhaqiqat yetib kelishibdi. Yana bir oz yurishsa bas. -
Mana bu sizga,- yigit qizga tumor tutdi shu payt,-
tug'ilgan kuniz bilan! - Rahmat, hojati yöq, shundog'am
yetarlicha syurpriz kun böldi bugun. - Sovg'ani
qaytarishmaydi. Tög'ri, bu tumor u qadar qimmatbaho
emas, ammo men uchun qadrli. Bu sizga ham omad
keltiradi. Qiz sezdiki, sovg'ani olmasa yigit xafa böladi.
- Rahmat,- dedi qiz bejirim tumorni qöliga olarkan,-
chindan omad keltiradimi? - Albattada. - Unaqada,
poyezdga nega kech qoldiz?Qizning jilmayib söragan
savolidan söng yigit uning közlariga qaradi va kulib
javob berdi: - Poyezddan qolib ketganimni kim
omadsizlik dedi... Qizning yuragi jizillab ketdi shu
onda... Avtobus töxtadi. Yigit va qiz avtobusdan
tushishdi. Xayrlashish kerak edi-yu, lekin negadir
bunday qilishda ularda xohish topilmasdi. Nihoyat, qiz
jimlikni böldi: - Mayli, hammasi uchun rahmat sizga,
omon böling. - Siz ham. - Xayr... - Nega endi xayr?
Balki yana uchrashib qolarmiz? Qiz jilmaydi: -
Qaydam... - Men esa ishonaman,- yigit qölini avval
yuragi ustiga, keyin peshonasiga olib bordi,- axir buni
taqdir deydilar... Qiz yigitga sönggi bor jilmaydiyu
burilib ketdi. Ketardi-yu yuragi dukullardi. Hayolida
faqat bir söz aylanardi: buni taqdir deydilar... Birinchi
bor uchrashdilar-u birinchi bor ayrilmoqda edilar... Qiz
ancha yurib ortiga ögirilib qaradi. Ancha narida biroz
surbetroq, lekin bu öziga yarashadigan kelishgan yigit
xuddi u kabi ögirilib unga qarab turardi ... Yigit shu
kun bir kichik e'tiborsizlikka yöl qöygandi. Bu
e'tiborsizligi ehtimol bir vaqtning özida uning ulkan
xatosi ham edi. U qizdan telefon raqamini, hech
bölmasa, ish joyi yoki manzilini sörashni unutgandi.
Buning uchun qanchalar afsus chekmasin, endi befoyda
edi. Ösha sohibjamol qizning gözal chehrasi har
daqiqada köz öngida paydo bölaverardi. Avtobusda qiz
uning yelkasiga boshini qöyib uxlab qolganidagi
hayajonli holatini öylab qolardi. Bir kun... Ikki kun...
Uch kun... Yöq, ortiq bu taxlit yashab bölmaydi. Uni
topish kerak. Sevib qolganini aytish kerak. Lekin
qanday qilib? Faqat ismini-yu tug'ilgan kunini bilsa?
Keyin dizayner ekanligi ma'lum. Endi faqat qidirish
kerak. Axir buni sevgi deydilar. Sevgi - bu taqdir...
* * *
Oradan 5 oy ötdi... Xiyobonda, gavjum odamlar orasida
telefonda kim bilandir suhbatlashib ketayotgan yigit
kimgadir urilib ketdiyu telefoni qölidan tushib ketdi va
chil-chil böldi. Yigit telefon bölaklarini yerdan oldi-yu
jahl bilan ösha insonga qaradi: - Közizga
qara..s..z..Siz?! Yigitning qarshisida 5 oydan beri
qidirib topolmaydigan, ösha, uning oromini ög'irlab
ketgan uzun sochli qiz turardi. Yigit uni ösha
xayrlashishgan kundan boshlab qidira-qidira hech
topolmasdi. Internetdan, modalar uyidan, shaharning
deyarli har bir hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz
haqida biron ma'lumot topilmasdi. Chunki qiz öqirdi,
dizaynerlik esa uning sevimli mashg'uloti edi xalos.
Vaqt ötgan sari yigit taqdiriga tan bera boshlagandi.
Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga
uchrashtirmoqda edi. - Yaxshimisiz,- qizning yoqimli
ovozi hayolini böldi. - Endi, ha! - Telefoniz singani
uchunmi? - Yöq... Uni siz sindirganiz uchun. "Hecham
özgarmabdi". Shu fikr har ikkisining hayolida paydo
böldi. - Uzr sörayman, behosdan... Tög'risi, shoshib
ketayotgandim... - Ha, bu shaharda ham hamma
shoshadi. - Xatto poyezdlar ham... Yana ösha
vaqtlardagidek kulgu yangradi... - Taqdirni qarang,
sizni 5 oy qidirib topolmagandim, uni özi bizni 5
soniya ichida uchratdi. Aytgancha, hali ham taqdiqga
ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin, ular
chetroqdagi örindiqqa ötirishgach qizdan söradi. -
Yöq,- jilmaydi qiz. - Unaqada nima sabab aynan siz
bilan bu taxlit uchrashib qoldik? - Bu tasodif... Yigit
qizning shu 5 oy ichida uni unutib yubormaganligini
sezdi. Har holda, uchrashganlarida, qiz aytgan
"poyezdlar ham shoshadi" iborasi uni nimadandir
umidvor qilardi. Shu kun yigit qiz bilan uzoq
suhbatlashmadi. Lekin u qizning telefon raqamini oldi.
Shu kun yigitning yuzida ulkan quvonch shukuhi
porlardi. Har holda u qizning nima haqdadir chuqur
öyga tolib qolayotganini payqamasdi. U mast edi.
Baxtdan mast edi... Qiz poyezdga kech qolgan kun
avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi.
Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni juda ajoyib
ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy bayram qilib
nishonlashdi. Tug'ilgan kun torti, sovg'alar...
Mehmonlarni kuzatib, charchagan köyi örniga yotarkan
qiz bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga oldi.
Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor edi. Unga qarab
biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan,
kelishgan yigitni öyladi. Lablariga mayin tabassum
yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga qöyib qöydi-yu
közlarini uyquga yumdi. Ertasiga darsda ötiribdi-yu
hayoli özida emas. Poyezd, avtobus..."Nimalar böldi
menga? Bir kunda u haqda shuncha öylayapmanmi?
Yöq, men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin qiz
nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har tunda yostig'i
ostidagi tumorni qöliga olib, shirin hayollar qilardi. Bu
hayollar esa tobora uni yigitga qattiqroq bog'lab
borardi. Ösha lahzalarda qiz yigit uni qidirayotganini
sezardi, lekin hech narsa qilib bölmasdi. Kutish kerak.
Faqat shu yöl bor edi... 5 oydan söng... Qiz kunlar ötib,
yigitning kelmasligiga ishonch hosil qildi. Qayerdan
ham kelardi. Balki butunlay unutib ham yuborgandir.
Ayni shu vaqtlarda qizning oilasida uni uzatish
haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz borgan sari
bu talablarga rad javobini berishga qiynalardi. Oxiri
hammasini ota- onasining ixtiyoriga tashlab qöydi.
Ösha kunning özidayoq qizning uyidan sovchilar rozilik
javobi bilan chiqib ketishdi... Ular ketishdi-yu qizni
titroq bosdi. Xonasiga kirdi. Tumorni qöliga olib yig'lab
yubordi. Negaligini özi anglamasdi. Faqat yig'lagisi
kelardi. Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi
döstidan edi. Juda yaxshi yigit, lekin... Nimayam
qilardi? Taqdiri shunaqa ekan. Haya, taqdir... U yana
kimnidir eslatib yubordi. Ösha kuni qiz töyib yig'ladi.
Bor hasrati köz yoshlarga qöshilib yuragidan chiqib
ketdi. Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi hijil. Hamma
baxt tilayapti. Qaydam? Töyni kuyovning ishlari tufayli
40 kundan keyinga belgilashdi. Qiz özini chalg'itishga
urinardi. Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon tumorni
qöliga oldi. Unga bir oz tikilib turgach yana joyiga
qaytarib qöydi. "Yöq, bugun uni qölimda olib yuraman.
Birinchi va sönggi
bor...",- qaror qildi qiz. Xiyobonda
tumorni mahkam siqib shoshib ketardi. Keyin... Keyin
urilib ketdi. Telefoni qölidan tushib sinib ketgan yigitga
qaradi-yu qiz qölidagi tumorni qattiqroq siqdi...
Telefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar...Hammasi
chiroyli edi. Qiz ham hammasini taqdir izmiga tashlab
qöydi. Chunki uning sevgisi shu qadar kuchli ediki,
undan shunchaki köz yumib ketolmasdi. Har
uchrashganlarida yana va yana qattiqroq bog'lanib
borardi. Faqat yigit har uchrashganlaridan söng
qanchalik baxtli kunlarning yaqinligi haqida öylardi, qiz
esa yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his qilardi.
Shuning uchun qiz hech kimga bildirmasdan köp
yig'lardi... Oradan 20 kun ötib yigit qizga sevgi izhor
qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi. Yöq, qiz
ortiq faqat özini öylay olmasdi. Hammasini töxtatish,
ehtimol tugatish kerak edi. Uni quchib, yig'lama gulim
deb shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan
yig'lardi qiz... Ösha kun qiz hammasini oyisiga aytdi.
Oyisi esa dadasiga. Ota chuqur öyga toldiyu qizini bir-
necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi: -
Töy böladi! Töy böladi... Yigirma kundan söng...
Ertasiga yigit bilan uchrashgach qiz hammasini unga
aytmoqchiydi. Lekin, yana ayta olmadi. Yigit ham
qanaqadir mahzun kayfiyatda edi. U qizni uzoq
bag'riga bosib turdi: - Yig'lama, azizam senga kulish
yarashadi... "Nega yig'layapsan" deb söramadi ham...
Ösha kun qiz yigitni sönggi bor körib turgandi. Ertasi
kun qiz bu safar yigitga hammasini aytish uchun
uchrashuv joyiga keldi. Lekin yigit kelmadi. Telefoni
öchirilgan. Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-kun yigitdan
sms keldi: "Meni kechir... Menga xorijdan yaxshi ish
taklif qilishdi. Bilasanmi, mening kelajak rejalarim
ulkan. Bu rejada sen ham bor eding, ammo endi
hammasi birdaniga özgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli
böl..." Qiz öqib közlariga ishonmadi. Qayta-qayta
öqidi. "Siz bunday qilolmaysiz.." yig'lardi u. Lekin
hammasi ravshan edi. Qiz u bilan ötkazgan shirin 3
haftalik baxtli kunlarini bir-bir xotirladi. Sevaman
degandi, endi tashlab ketdi. Alam bilan unga javob
yozdi: -Sizga aytolmagan bir gapim bor: Meni
turmushga berishyapti... Balki, kelajagizni öylab, tög'ri
qilgandirsiz. Ketavering... Umuman qaytib kelmang...
Sizi körishni istamayman. Yodizdami, menga
yurakchali tumor sovg'a qilgandiz, omad keltiradi deb?
Menga soxta yurak hadya qildiz-u haqiqiy yuragimni
olib ketdiz öziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga
nimalarnidir örgatdiz. Masalan, taqdirga ishona
boshladim. Lekin taqdirlarimiz ayro ekan. Yana bir
gapni sizga aytolmaganman: Sizi sevaman! Hm...
Yomon bölsaizam, bildiz... Nafratlanaman ham... Sms
yubordi-yu telefonini suvga otdi. Örindiqda ötirib ezilib
yig'ladi. Hammasi tugadi... Qizning töyi kuni ham
keldi. Qiz xonasida közguga qarab ötirardi. Quloqlari
ostida esa yigitning unga aytgan hamma gaplari bir-
bir jaranglardi: "Poyezdga kech qolganimni kim
omadsizlik dedi?" "Kul azizam, kulish senga
yarashadi..." "Buni taqdir deydilar..." Uning yuzlariga
yosh dumaladi. Shu daqiqada uning ortida otasi qölida
qog'oz bilan ma'yus turardi. Otasi uning peshonasidan
öpdi: - Meni kechir qizim...
* * *
20 kun avval... Qizning otasi qizining boshqa yigitni
sevib qolganini eshitgach, chuqur öyga toldi. Fotiha
bölgan, hamma rozi. Qudalar ham yaxshi odamlar.
Nega qanaqadir ön kun ichida qizining bu taxlit özgarib
qolganini tushunolmasdi.Buni ötkinchi hoy-u xavas deb
qabul qildi va qizini bir necha kun yig'lashga majbur
qilgan qarorni chiqardi: - Töy böladi! Ota ösha yigitni
qidirib topdi. Istarasi issiqqina ekan. Lekin endi kech.
U bilan ochiqchasiga gaplashib oldi: - Qizim
unashtirilgan, 20 kundan söng töyi böladi, shuni
bilasanmi? Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima
sababdan sevgi izhor qilganda yig'laganini tushungan
edi. - Hammasiga endi juda kech... Iltimos qilaman
sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni tinch qöy,
chunki men ikki dunyoda ham töyni töxtatmayman.
Qizimni hurmatini saqla, el-yurt oldida isnodga qöyma.
Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning otasi uzoq
gapirib sözini yakunladi: - Shunday qilki, u sendan
nafratlansin. Meni kechir... Shunday qilsang,
hammamizga yaxshi böladi... Shunday dedi-yu ketdi.
Yigit bölsa joyida turib qoldi... Hozir qizning otasi
undan qiz uchun jonini söraganida hech ikkilanmay
bergan bölardi. Lekin ayrim narsalarning qadri jondan
ziyoda bölarkan. Nima qilish kerak? Yigit uchun shu
kun juda og'ir böldi. Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz
yana yig'lardi. Yigit undan "nega yig'layapsan" deb
söramadi ham. Uni bag'riga bosdi. Ichidan otilib
chiqayotgan alami bög'ziga tiqilib qizga shivirladi: "Kul
azizam, hech qachon yig'lama..." Yigit shu lahzada
qaror qabul qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan
boshqa körishmaslik kerak... Ertasiga yana uchrashuv
joyiga otlandi. Yöq, körishmaydi. Uzoqdan kuzatsa bas.
U özini kutayotgan qizni uzoqdan kuzatdi. Keyingi kun,
undan keyin ham... Shu kun yigitga xorijdan ish taklif
qilishdi. Yigit ketishga qaror qildi. Hammasini unutish
uchun... Ertasi kun u qizga sms yubordi. Uning öqib
yig'laganini uzoqdan kördi-yu qölini yuragi ustiga olib
bordi va pichirladi: "Kechir jonim, mendan
nafratlanishing kerak..." Kunlar ötaverdi. Yigitning
samalyoti uchishidan bir kun oldin u qizni sönggi bor
körish ilinjida uning uyi yaqiniga bordi. Kördi
ham.G'amgin gözal qiz... Yigit qizning otasi bilan
gaplashib olishi kerak edi. - Men ertaga tongda Parijga
uchib ketaman,- yigit qizning otasi yonida söz
boshladi,- mana bu xatni unga berib qöying, iltimos.
Sizning iltimosingizni bajardim. Siz ham bajarasiz deb
öylayman... Xayr! Yigit ketdi. "Endi seni körmayman.
Kechir meni azizam... Baxtli böl!" Uning közidan
sizayotgan yoshlarni hech kim körmasligi uchun
közoynak taqib oldi. Ota maktubni öqib yuragi tölib
ketdi. Qizini shu darajada sevarkan, bir og'iz sözini ikki
ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin, kechikdi...
Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi. Tongda
maktubni olib qizining xonasiga kirdi. Qizi judayam
gözal. Lekin, uning közlarida yosh bor edi. Ota ortiq
bardosh qilolmadi. Qizini bag'riga bosib, peshonasidan
öpdi: - Meni kechir qizim... * * * Ota qiziga xatni berib,
yigit haqida hammasini aytib berdi. Qiz maktubni ochib
öqishga tushdi: "" Bugun mendan nafratlanayotgan
bölsang kerak. Ishonaver buning hecham ahamiyati yöq
menga. Chunki bugun men seni yana hammadan
birinchi tabriklayapman. Qanday omadim bora? Sen
jinnisan, negaligini bilasanmi? Töying haqida
aytmading menga. Lekin meni kimligimni unutib
qöyding. Men quvnoq "folbin"manku. Baribir bilvoldim.
Xuddi tug'ilgan kuningdagidek... Yodingdami, taqdirga
ishonmayman derding. Men esa qölimni avval yuragim
ustiga, keyin peshonamga qöyib buni taqdir deydilar
derdimBuning ma'nosini bilasanmi? Bu yurakdagi sevgi
uchun taqdirga minnatdorlik.. Ha, men taqdirimdan
minnatdorman. Ösha poyezdga kechiktirgani uchun...
Seni menga uchratgani uchun... Keyingi 5 oyda
aqldan
ozayozdim. Seni qidirib. Topganimda esa endi kech
bölgan ekan... Meni kechir... Sen baxtli bölishing
kerak. Menga öxshagan surbet bilan taqdiring
qöshilmagan ekan. Men senga hozir söz beraman.
Meni endi hech qachon körmaysan, men esa seni hech
qachon unutmayman. Chunki sen bunga loyiqsan. Sen
ham menga va'da berishingni xohlayman. Baxtli
bölaman deb söz ber. Sizni unutaman deb söz ber.
Chunki men unutilishga loyiqman. Seni tashlab
ketayotganim uchun ham... Senga bir gapni köp
aytishga ulgurmadim. Bugun sönggi bor aytaman: Men
seni sevaman! Sen baxtli bölishing kerak. Töying
muborak bölsin..."" Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib
tugatdi. Otasi qizini yupatdi: - U bugun Parijga uchib
ketmoqchi. Bor qizim uni töxtat... Qiz yig'lashdan
töxtab, otasiga qaradi. - Köchada taksi kutib turibdi.
Ulgurishing kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi
qölini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga olib
bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar... Qiz otasini
quchoqladi: - Rahmat, dadajon... Keyin chopdi. U ketib
qolmasligi kerak. Ketishga haqqi yöq. Qölidagi bejirim
tumorni mahkam siqib taksiga ötirdi. Taksi aeroport
tomon yöl oldi. Qiz esa hamon köz yoshlarini töxtata
olmas va shivirlardi: - Iltimos, ketib qolmang, bir
martagina mening ham iltimosimni bajaring... Taksi
aeroportga yetib kelgach qiz shoshib ichkariga kirdi.
Hamma yoqda odam. Qayerga borishini bilmasdi.
Aeroport ichida esa operatorlarning yölovchilarga turli
murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib nazorat
punktiga keldi. Qöriqchilarning hay-haylashiga
qaramay ichkarida ötirgan qizdan shoshib söradi: -
Opajon, Parijga samalyot uchmadimi hali? - 347-reys
bilan Toshkent-Parij yönalishida samalyot yarim soat
oldin uchib ketdi. - ...,- qiz özini yöqotib qöydi,-
ketdimi? U yigitning kulib turgan holatini köz oldiga
keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi. Samalyot
allaqachon uchib ketgandi. Qiz odamlar gavjum bölgan
kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. "U ketib
qoldi. Endi uni hech qachon körolmayman..." - Iltimos,
tumorimni qaytib ber,- yigitning ovozi eshitildi shu
payt,- usiz samalyotga ham kech qoldim. Qiz yigitga
qaradi. Qölida bilet, chamadon... Unga kulib qarab
turardi. Qiz uning quchog'iga otildi. - Nega ketib
qoldiz,- yig'lardi u. - Ketib qoldi deb kim aytdi?
Yuragimni tashlab qayerga ham ketardim,- uning
sochlarini siladi yigit. - Siz yomonsiz... - Hm. -
Surbetsiz... - Hm. - Yana "hm"mi? - Hm. Ular kulib
yuborishdi. Aeroportda esa hamma ularga qarardi.
Qarayverishsin. AXIR BUNI TAQDIR DEYDILAR...