.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Qiz tarbiyalayotgan otalar uchun 7 maslahat</p>

1. Mehringizdan zarracha shubhalanmasin.

Bilasizmi, qizlar otasining mehri tufayli himoyalanganlik va o`ziga ishonch tuyg`ulari his qilishadi. Shuning uchun har qanday vaziyatda ham uni yaxshi ko`rishingizga zarracha shubhalanmasligi lozim. Jahlingiz chiqqanda, qo`pol muomala qilishdan ehtiyot bo`ling.

2. Bo`lajak umr yo`ldoshining andozasini sizdan oladi.

Bolaligidan dunyodagi eng yaxshi erkakni sizning qiyofangizda ko`radi. Bunga ayolingiz bilan munosabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yganingiz sabab. Galdagi vazifangiz, shu muhitni saqlab qolish. Lozim bo`lsa, yanada rivojlantirishdan iborat. Buning uchun onasini ardoqlashingizni farzandingizdan yashirmang.

3. Bayramlarni birga nishonlang!

Qo`g`irchoq o`ynab o`tirgan qizingiz hademay xonadoningizdan uchirma bo`ladi. Uning xotiralari shirin bo`lishini ta`minlang. Bayramlarni, muhim sanalarni unutmang. Arzimagan sabablar bilan ham shodiyona uyushtirishga odatlaning.

4. E`tiboringizni ayamang!

Qizaloqlaringiz bilan qiziqarli o`yinlar o`ynang, u bilan birga zavqlaning. O`rni kelganda, olqishu qarsaklaringizni ayamang.

5. U tinglayotgan qo`shiqni eshitib ko`ring.

O`smirlik davrida har bir qizda zamonaviy musiqaga qiziqish paydo bo`ladi. Ba`zida bu qo`shiqlar quloqlaringizni qomatga keltirib yuborishi ham ehtimoldan yiroq emas. Ammo siz shu musiqaning aynan qaysi jihatlari unga yoqishini so`rab ko`ring. Nima uchun deysizmi, ikkingiz suhbatlashishingiz uchun mavzu bo`ladi-da. Yodingizda bo`lsin, bu qiziqish o`tib ketadi, ammo ko`ngildagi xiralik butun umrga saqlanib qolishi mumkin.

6. Qo`lidan tutib sport to`garagiga olib boring.

Qizalog`ingiz irodali va sog`lom bo`lishi uchun uni, albatta, sportga oshno qiling. Engil atletika, badiiy gimnasitika, raqs... Tanlash imkoniyatini ixtiyoriga qo`yib bering.

7. Samimiy bo`ling.

Barcha otalar qizlari uchun qo`llaridan kelgan sharoitni yaratib berishadi. Ammo, baribir, orada qandaydir devor bordek tuyulaveradi. Sizda bunday bo`lishini istamasangiz, samimiylikni yo`qotmang. Ba`zida bergan va`dangizni bajarishga imkon topa olmaysiz, gohida adolatsizlik qilishingiz mumkin. Mana shunday paytlarda adashganingizni tan olishdan uyalmang. Ishoning, bu orangizdagi muzliklarni eritishga ko`maklashadi.

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон