.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Bolalarning Qiyin Savollariga Javoblar</p>

Bolalar dunyoga boshqacha

nigoh bilan boqadilar. Ularning

qiziquvchan nigohlaridan hech

narsa qochib qutulolmaydi:

ularga atrofdagi hamma narsa

qiziq. Ular ba'zida shunday

savollar berishadiki, bu

savollarga javob berish oson

bo'lmaydi.

Biz bolalarning eng ko'p

beriladigan savollari va ularning

javoblarini e'tiboringizga havola

etamiz.

Suv nega qaynaydi?

Suv isiganda uning molekulalari

harakatlana boshlaydi va buning

natijasida harorat ko'tariladi.

Zarrachalarning harakati

tezlashadi, ularning orasidagi

masofa uzayib boradi va

molekulalarning bir-birini tortish

kuchi etmay qoladi. Shunda ular

uchib, bir-biridan uzoqlashib

ketadi. Suv bug'i shu tarzda

paydo bo'ladi: harorat

ko'tarilganida zarrachalar

harakati tezlashib, havoga

ko'tariladi.

Samolyot nega qulab

tushmaydi?

Masalan, "Boing-747"ning

og'irligi 162 tonna va pastga

qulab tushmaydi. Uning

qulashiga ko'tarish kuchi imkon

bermaydi: havo oqimi qanotlarni

yuqoridan va pastdan siqib

turadi va samolyotni yuqoriga

ko'taradi. Samolyotning tezligi

katta bo'lganligi sababli uning

ostidagi havo zichlashadi va uni

samoda ko'tarib turadi.

Qor nega oq?

Qor uchqunlari alohida holda

shaffof bo'ladi va yorug'likni

o'tkazadi. Lekin ular ko'payib,

zichlashganida yorug'lik qorda

sinadi va ular orqali aks etadi.

Yorug'likning aksini biz oq

rangda ko'ramiz, chunki quyosh

ham biz o'ylagandek sariq emas,

oq rangda.

Nega ko'k rangli soch

bo'lmaydi?

Sochda ikkita bo'yovchi modda

bo'lib, ular qora, jigarrang, sariq

va qizil ranglarga javob beradi.

Shuningdek, soch tolasida havo

sharchalari ham bo'ladi.

Sochning rangi ranglarning

aralashishi va sharchalar

miqdoriga bog'liq. Ranglar

aralashmasidan ko'k va yashil

rang paydo bo'lmaydi.

Koinotda nima uchun vaznsizlik

bor?

Havo kemasi ichidagi

kosmonovtlar koinotda

tortishish kuchi yo'qligi uchun

havoda suzib yurmaydilar.

Tortishish kuchi koinotda ham

mavjud va u orbitadagi jismlarni

ushlab turadi. Vaznsizlik holati

kosmonavtlar orbita halqasida

muntazam ravishda soniyasiga

7,9 km tezlikda tushishgani

uchun paydo bo'ladi. Agarda biz

osmono'par bino liftida mana

shunday tezlikda tushganimizda,

lift ichida muallaq turishimiz

mumkin bo'lardi.

Osmon nega moviy?

Quyosh nuri atmosferada

sochilib ketadi. Oq rang sinadi va

kamalakning etti rangiga

tarqaladi. Ko'k rang barcha

ranglarga nisbatan kuchliroq

yoyilib ketadi va shuning uchun

osmon moviy rangda. Ko'k

rangga boshqa ranglar ham

aralashgani bois osmon sof ko'k

rangda bo'lmaydi.

Tuman nima?

Tuman — bu mayda suv

tomchilari yoki yerdan ko'tarilib

turuvchi mayda muz zarralaridir.

Sovuq havo iliq yerga urilganida

suv bug'i yoki muz zarralari

paydo bo'ladi va bulutga aylanib

yerdan ko'tariladi.

Suv nega yonmaydi?

Suv vodorodning kislorod bilan

oksidlanishi natijasida issiqlik

ajratib paydo bo'ladi. Suv

issiqlikni berib bo'lgani bois

tabiiy sharoitda yonmaydi.

Nega soat millari teskari

yo'nalishda aylanmaydi?

Quyosh soatlari Shimoliy

yarimsharda ixtiro qilingan

bo'lib, gnomon soyasi Quyosh

harakatiga mos ravishda

harakatlangan. Mexanik soatlar

ixtiro qilingach, siferblatdagi

raqamlar joylashuvi saqlab

qolingan.

G'ildirak nega aylana shaklida?

G'ildirak aylana shaklida

bo'lishining sababi, tekis yo'lda

yurishga qulay. G'ildirakning

barcha yoylari o'qdan bir xil

masofada joylashadi. Shuning

uchun tekis yo'lda

harakatlanganda o'q doimo bir

xil balandlikda turadi va

avtomobil/aravani silkitmaydi.

Agarda yo'l garmon shaklida

bo'lganida edi, kvadrat

shaklidagi g'ildirakda

harakatlanish qulayroq bo'lardi.

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон