.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Bir Kun Kelib Yolg'iz Qolganingizda</p>

Bir kun kelib, yolg'iz

qolganingizni tushinib etasiz. Siz

doim yolg'iz bo'lgansiz, faqat bu

fikrning kelishi biroz kechikkan

edi xolos. Ota-onalar o'tib ketadi,

sevimli insonlar xiyonat qiladi,

bolalar katta bo'ladi. Vaqti kelib

o'zingiz ulardan qalban

uzoqlashishni boshlaysiz. Chunki

ular uchun begonaga aylana

borasiz. Aynan nima sodir

bo'lishi ahamiyatli emas, ammo

unutmang, yolg'izlik siz bilan

yonma-yon yuradi. U istagan

paytda tashrif buyuradi.

Yoshning o'tib borishi — hech

qanday dramatizmsiz yolg'iz

qolishdir. Bunga tayyorgarlik

ko'rishda quyidagilar as qotadi.

Qarindoshlardan tashqari

barchani o'zgartirsa bo'ladi.

Hech kim va hech narsa yagona

nusxada bo'lmaydi. Garchi

umumiy qiziqishlaringiz hali

shakllanmagan bo'lsada,

hayotingizga yangi insonlarning

kirib kelishiga imkon bering. Bir

kun kelib yolg'iz qolganingizda,

bu sizga yordam beradi.

Barchasini yangisidan boshlang:

taom, kiyim-kechak, yo'nalishlar,

gadjetlar, faollik, filmlar, kitoblar,

teoriyalar, xullas, barcha-

barchasini. Miya tarkibining

aksariyati dangasalikdan tashkil

topgan. U qancha imkon bo'lsa,

shuncha bir joyda qotib qolishni

yaxshi ko'radi va qolgan

narsalarni esdan chiqaradi. Shu

bois uni bir joyda to'xtab,

ushlanib qolishiga yo'l

qo'ymang. Agar bir nimadan

siqilsangiz, qo'rqsangiz yoki

istamasangiz doim biror-bir

narsani yangisidan boshlashga

harakat qiling.

Mumkin bo'lganlarni kechiring,

qolganlarni esa unutib

yuboring. Unutish — eng zo'r

jazo va eng yaxshi doridir. Hech

kim bilan hech qachon

tortishmang, yaxshisi o'zingizga

qarab yuring.

Shoshilishga hojat yo'q. Tez

sodir bo'ladigan narsalarning

umri qisqa bo'ladi. Agar

nimanidir chin yurakdan qilishni

istasangiz, albatta, qilasiz.

Tavakkal istaklar va tartibsiz

harakatlarga imkon bermang.

Nimadir qiling, chunki

orzularingiz sizni uzoq vaqt

kuzatib yuradi.

Nimanidir bajarishni istayapsiz

va shu ishingizni to'g'ri, deb

hisoblaysiz, uni bajaring. Istak

bor joyda hayot bo'ladi.

Xohishlaringizni ichingizda

yashashiga imkon bering va

ularni kuzatib boring. Yo'qolib

ketmadimi — uni amalga

oshiring.

Ko'nglingizda qandaydir istak

bormi? Unda taslim bo'lmang.

Omad — bu tajriba. Har qanday

omadsizlik — tajribaning

etishmasligi va faqat tajriba bilan

qoplanuvchi holatdir. Jasurlik va

tavakkalchilik — bu tajriba.

Mutlaq qaysarlik bilan

ko'rinuvchi holat ham tajriba.

Dadillik, sabrlilik, kechira bilishlik,

barqarorlik va erkinlik —

bularning bari tajriba. Asosiysi —

nimanidir xohlab turganingizda

taslim bo'lmaslik.

Hech narsa yakun emas, hatto

yakun ham: bu shunchaki

davomiylik. Buni umidsizlik

paytida, azoblanayotganingizda,

sizni tark etgan sevimli

insoningizning maktubini

o'qiyotganigizda yodda tuting.

Bir kun shunday kun keladiki,

“Barchasi yaxshilikka”, deb

aytasiz. Hech narsa yakun emas:

bir kuni yolg'iz qolganingizda

buni tushinib etasiz.

Hech narsa yakuniy emas,

ammo yakun yaqin. Faqat bu

ertaga, degan tushuncha kishiga

engillik beradi.

Nima qilsangiz qiling, ammo

salomatligingiz bilan

o'ynashmang. Bir kun kelib, u

sizdan qattiq o'ch oladi. U

nimani istayotganini kuzatib

boring va u nima istayotgan

bo'lsa, shuni bering. Agar

tanangizni nima deyayotganini

tushunmayotgan bo'lsangiz,

unda barchasini oddiysidan

boshlang. Masalan, sayr etish,

suzish yoki yoga bilan

shug'illanishdan. Qolgani o'z-

o'zidan davom etaveradi: chunki

tana uni tinglashlarini yaxshi

ko'radi.

Romantika, sevgi va ehtiros —

bu ajoyib. Ammo ular jinsiy

mayllar bilan qo'rqitilsa, qaytib

hech qachon yaqinlashmasligi

mumkin.

Tashvishlaringizni eng

so'nggida odamlar siz

haqingizda nima deb

o'ylayotganlari haqidagi

xayollar tursin. Odamlar, asosan,

o'zi haqida o'ylaydi. Keyin siz

haqingizda, o'zlari bilan

taqqoslagan holda.

Qat'iy ishonch ustida ishlang.

Qat'iy ishonch — ma'naviy

tushkunlikning boshlanishidir.

Ikkilaning, turli variantlarni ko'rib

chiqing, o'zingiz va boshqalar

uchun ochiq yo'llar qoldiring.

Yuqoridagi maslahatlar ham

ikkilanish asosida yozildi. Buni

tan olish kerak, albatta.

P.S. Bu hech qanday ikkilanishsiz

yozilgan yagona maslahatdir:

do'stlaringizni ehtiyot qiling.

Do'stlar to'plash lozim bo'lgan

yagona manbadir. Bir kun yolg'iz

qolganingizda, ular yoningizga

kelib, “Sen aqldan ozganmisan,

axir yoningda biz bormizku”,

deyishadi. Va bu haqiqat!

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон