.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>O‘tirish ham chekish kabi ziyon</p>

Muntazam o‘tirib ishlash oyoq

mushaklariga yomon ta’sir

ko‘rsatadi. Bugun irsiyat va

jismoniy faollikning oyoqlaringiz

ko‘rinishiga ta’siri haqida

gaplashamiz

Tik turib ishlash so‘nggi yillarda

urfdan qolib borayotganiga

qaramasdan bir qator

afzalliklarga ega. Tik turganda

moddalar almashinuvi o‘tirganga

nisbatan tezroq amalga oshadi.

Kaloriya sarfi bir yarim

baravarga ortadi. Shu bilan birga

muntazam o‘tirish bir qancha

kasalliklarga chalinish xavfini

oshiradi, mushaklar atrofiyasi va

uvushishini keltirib chiqaradi.

“O‘tirish – xuddi chekish kabi

makkorona odatdir”, deydi

Luizianadagi Pennington

biotibbiyot tadqiqot markazi

professori, fiziolog Mark

Xamilton.

Xamilton, ehtimol, oshirib

yuborgandir. Ammo ko‘plab

kishilar o‘tiraverib, avval

oyoqlari, keyin butun tanasini

bo‘tqaga aylantirib yuborishi

xavotirlanishga arziydi.

Oyoq faollashganda qanday

jarayonlar kechadi?

Elektromiografiya (EMG)

yordamida oyoqning yurish,

yugurish, sakrash kabi turlicha

xatti-harakatdagi faolligini tahlil

etish mumkin. Bunda tana

mushaklarining faolligi oddiy

elektrokardiogramma chizig‘i

singari qayd qilinadi. Agar

yurakka oid kardiogramma

chizig‘i tekislana borsa,

reanimatsiya jarayoni

kechayotgan bo‘ladi,

oyog‘imizga tegishli xuddi

shunday chiziq o‘tirganimizda

qayd qilinadi. Ammo tik turib

yura boshlaganimizda chiziq

jonlanib ketadi.

Oyog‘ingiz tanangizni ko‘tarib

turganida qattiq toliqish

sezmaysiz, biroq mushaklaringiz

izometrik ravishda qisqarib

turadi. Tik oyoqda ikki soat

o‘tkazish 3 km yugurish bilan

tengdir.

Oyog‘imiz uzunligi va

o‘lchamiga irsiyatning qanday

ta’siri bor?

Hozirgi kunda oyoq uzunligi

naslga bog‘liq degan qarash

hukmron. Umumiy olganda

ayollarning oyog‘i

erkaklarnikidan uzunroq bo‘ladi.

18-45 yoshli ayollarning oyog‘i

bo‘yining 45 foizini tashkil etsa,

erkaklarda bu son 44 foizga

teng.

Oyoq mushaklari – bu boshqa

mavzudir. U, nafaqat, irsiyatga,

o‘zingizga ham bog‘liq.

Inson tanasi, go‘yo, tezlik uchun

emas, bardoshlilik uchun

yaratilgandek. Evolyutsion

biologiya professori Deniel

Liberman fikricha, bunga sabab

oyog‘imizda sekin qisqaruvchi

tolalar ko‘pligidir. Hattoki, eng tez

yuguruvchi sportchilar ham bu

borada yugurik hayvonlar bilan

bellasholmaydi. Masalan,

mashhur yuguruvchi Useyn

Boltning tezligi gepardnikidan

2,5 barobar ozdir.

Ko‘pincha ayollar oyoqlari

yo‘g‘onlashib ketishidan qattiq

qo‘rqishadi, shu sabab zo‘r berib

mashq qilishga ishtiyoqlari yo‘q.

Biroq tos va sonning

yo‘g‘onlashib ketishi mushakdan

emas, ortiqcha yog‘dandir. Son

qismda yog‘ yig‘ilsa, oyoq

zaiflashadi va yog‘ yanada

ko‘proq to‘planadi.

Ayollarning tanasi yog‘

to‘planishga moyil bo‘ladi.

Buning o‘z sababi bor: ehtimoliy

homiladorlikka organizm zaxira

to‘playdi.

Ko‘plab amaliy, qiziqarli

maqolalar muallifi Melissa Rot

tanadagi yog‘ni yo‘qotishga oid

tajribani o‘zida sinab ko‘rdi.

Oyog‘i Shvarsneggernikidek

mushakdor bo‘lib ketishidan

cho‘chimasdan o‘tirib-turish,

zinadan ko‘tarilish, veloaerobika

kabi mashqlar bilan jiddiy

shug‘ullandi. 4 haftalik mashq

oqibatida oyog‘idagi yog‘

miqdori 10 foizga kamaydi.

Sakkiz hafta o‘tgach esa son

aylanasi ikki barobar kichraydi.

Darvoqe, Melissa parhez tutgan

(kuniga 1500 kkal).

O‘tirib-turish, zinadan ko‘tarilish

va veloaerobika, nafaqat, oyoq

semirishiga yo‘l qo‘ymaydi, balki

salomatligini yaxshilaydi: yog‘

miqdori kamayadi va mushaklar

o‘sadi.

Xoh ayol, xoh erkak bo‘lsin,

chiroyli oyoqlar qomatga ko‘rk

beradi. Buning uchun ko‘p

“o‘tirib qolish”dan saqlanish va

muntazam yuqorida sanalgan

mashqlarni ado etish lozim.

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон