.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Qora choy haqida siz bilmagan 8 fakt</p>

Og`iz bo`shlig`ini tozalaydi

*.Ilmiy tadqiqot xulosalariga ko`ra, qora choy tarkibidagi polifenollar og`iz bo`shlig`i kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan himoya qiladi.

Yurakka foyda

*.Yevropalik olimlar kun davomida 3-4 piyola choy ichadiganlarda yurak xastaliklarining yuzaga kelish xavfi 21 foizga kamayishini isbotlashgan. To`g`ri, qora choyni achchiq damlab ichish tavsiya etilmaydi. Ammo me`riyoda bo`lsa, xavotirga o`rin yo`q.

Saraton profilaktikasi

*.Ma`lumotlarga ko`ra, qora choydagi polifenol hamda katexin antioksidantlari saratonning ayrim turlari uchun profilaktika vazifasini o`taydi. Evropalik olimlar tomonidan o`tkazilgan ilmiy tadqiqot xulosasi esa qora choy iste`mol qiladigan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan kamroq ekanligini ko`rsatgan.

Suyaklarni mustahkamlaydi!

*.Mazkur ichimlik tarkibidagi fitokimyoviy moddalar suyaklar mo`rtlashuvidan himoyadir. Shu bois qora choy ixlosmandlari orasida artrit kasalligi kam uchrar ekan.

Zo`riqishdan halos etadi!

*.Kun davomida toliqqan bo`lsangiz achchiq damlangan qora choy ichish hayotiy quvvatingizni tiklab, kayfiyatni ko`taradi. Shu bilan birga asablarni ham tinchlantiradi. Aminokislotalar hisobiga muntazam qora choy ichish kortizol – stress gormoni miqdorini pasaytiradi.

Immunitet yaxshilanadi!

*.Alkilomin antitanachalari immun tizimini rag`batlantirsa, oshlovchi moddalar viruslarga chidamlilikni ta`minlaydi. Demakki, shamollash, tumov yohud yo`tal alomatlarida issiq qora choy ayni muddao.

Moddalar almashinuvi faollashadi!

*.Choydagi oshlovchi moddalar terapevtik ta`sirga ega. Shundan bo`lsa kerak oshqozondagi og`irlikni bartaraf etib, hazm faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa organizmda moddalar almashinuvini ham faollashtiradi.

Tetiklashtiradi!

Ertalabdan qo`lingiz ishga bormasa yoki kayfiyatingiz pand bersa, bir piyola qora choy iching. Olimlar fikricha, achchiq damlangan qora choy organizmni tetiklashtirib, aqliy faollikni oshiradi

© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон