— Yoshim 30 da. Oilaliman. Ikki nafar farzandim bor. Chamasi olti oy ilgari labim ustida tuklar paydo bo`la boshladi. Hozir xuddiki o`smir yigitlarning mo`ylabi sabza urgandek holatga kelib qolgan. Kosmetolog ko`rigiga borgandim, u bu muammoni shifokor bilan hal etishim lozimligini aytdi. Yuzda ortiqcha tuklarning chiqishini davolash qanchalar samara beradi? Uni kosmetologik muolajalar bilan yo`q qilish mumkin emasmi? Xurshida O`razalieva, Toshkent viloyati. Darhaqiqat, bu muammodan butunlay qutilish uchun avvalo dermatolog, endokrinolog va ginekolog ko`rigiga borish lozim. Nega deysizmi? har bir insonning jinsiy belgilarini namoyon etishga ko`maklashadigan androgen gormonlari mavjud: ayollarda bu – progesterondir, erkaklarda esa testosteron aynan shu vazifani bajaradi. Qizig`i, bu ikkala gormon ayol va erkak organizmida ham uchraydi. Yagona farqi – miqdorida. Organizmda ularning miqdor muvozanati buziladigan bo`lsa, tashqi ko`rinishda ham o`zgarishlar ro`y beradi. Masalan, ayolda testosteron gormon ko`payib ketsa, husnbuzar toshishi, yuzda ortiqcha tuklarning paydo bo`lishi, hayz sikli, buyrak osti bezlari va tuxumdonlar faoliyatining buzilishi hamda homila tushishi kabi holatlar ro`y berishi ehtimoli oshadi. Bundan tashqari yuzdagi ortiqcha tuklarga qo`yidagilar ham sabab bo`ladi: Bug`doy unidan tayyorlangan mahsulotlar va shirinliklarni haddan ortiq iste`mol qilish; Teri kasalliklari (ekzema, psoriaz kabilar); Anoreksiya (ozg`inlik va ovqatdan bosh tortish); Tuxumdonlar polikistozi; Menopauza. Go`zallikni saqlab qolish hamda turli xastaliklardan himoyalanish uchun tahlil topshirish lozim. Zaruriy tahlillar Mo`ylovlarni oddiy kosmetik muolaja bilan olib tashlash yoki dori-darmon bilan davolash kerakligi shifokor ko`rigidan so`ng ma`lum bo`ladi. Unga qadar esa bemor ayol quyidagi tekshiruvlardan o`tishi shart: Bir sutkalik peshob tahlili; Gormonlar uchun qon tahlili; Jinsiy a`zolar UTTsi. Aynan mana shu tahlillarning natijasiga qarab, mo`ylovlarning chiqish sababi aniqlanadi. Agar testosteron miqdori me`yordan oshiq bo`lsa, uni dorilar bilan davolash talab etiladi. Biroq gormonlar miqdori me`yoriy ko`rsatkichni ko`rsatsa, unda sizga kosmetik muolajaning o`zi etarli sanaladi. O`zingizga yordam bering! Gormonal fonni muvozanatga keltirish uchun davolanish kursi uzoq vaqt talab etadi. U tugagunga qadar esa siz mo`ylovlarni atrofdagilarga «ko`z-ko`z» qilishni istamasligingiz aniq. Ularni vaqtincha yo`qotish uchun bir qancha usullardan foydalansangiz bo`ladi. Pinset yordamida tuklarni terish. Bu ishni yaxshisi vanna qabul qilgach bajaring, chunki teri biroz bo`shashgan bo`ladi. Vosk yoki shakarli epilyasiya. Bu muolajalar sizni muammodan 2-4 haftaga qutqaradi. Bu vositalarni istalgan dorixona va kosmetologik do`konlardan xarid qilish mumkin. Oqartirish. Vodorod peroksidining 6 %li eritmasi hamda nashvadil spirtining aralashmasi yordamida ortiqcha tuklarni bemalol oqartirish mumkin. Faqat bu vositani qo`l terisining kichik hududiga surtib, allergiyaga moyillikni sinash lozim. Shuningdek, bu muolaja terisi oq-sariqdan kelgan ayollarga tavsiya etiladi. Oliy toifali shifokor, dermato-venerolog Begali JUMANOV bergan ma`lumotlar asosida
© XXXDOM.RU - скачать порно на телефон